NISHONLARNI KO'TARISH (TUSHIRISH) UCHUN MASOFADAN-BOSHQARILADIGAN MOSLAMALAR VZVOD TO'PLAMI

DPM nishon ko'tarish

ASOSIY TALABLAR

  • Nishonlar holati masofadan radioda boshqarilishi kerak
  • Nishonlar holatini (joyda himoya predmetlarni yaratish bundan mustasno) yilning istalgan vaqtida qisqa muddatda (yaratilishini) ta'minlash kerak
  • To'plamga kiritilgan qurilmalarni transport vositalarida tashish uchun ularni qo'shimcha qadoqlash kerak
  • Nishonlarni ko'ruvchi qurilmalarni bir yoki ikki kishi bo'lib o'rnatishga moslash kerak
  • Jihozning texnik qismi qurilmalarning ishlatilishida harakatchanligi va poligon komandalari kuchi bilan ta'mirlash ishlari olib borilishi uchun qulaylikni ta'minlashi kerak

TO'PLAMNING TARKIBI VA MO'LJALLANISHI

Asosiy texnik vositalari:

  • Gurtacha nishonlarni ko'tarish (o'rnatish) uchun moslamalar - 55 dona
  • Og'ir nishonlarni ko'tarish (o'rnatish) uchun moslamalar - 9 dona
  • Boshqaruv uskunasi - 1 dona
  • Akkumulyator batareyasini zaryadlovchi qurilma - 1 to'plam
  • Foydalanish (ekspluatatsiya) hujjatlari - 1 to'plam

KO'TARISH MOSLAMALARINING FUNKSIYALARI

  • Ko'tarish moslamalari o'rtacha va og'ir nishonlarni ko'tarishni va tushirishni ta'minlash kerak
  • Nishonga o'q, snaryad tekkanda (mag'lub bo'lgan taqdirde) avtomatik tarzda pastga tushishi (nishon yiqilishi) va bloklanishi kerak
  • Ko'tarish moslamalari guruh tarkibida bir xil ishlashni ta'minlashi lozim
  • Ko'tarish moslamasi guruhni ko'rsatish lozim bo'lganda (nishonni) guruhni bir vaqtning o'zida ko'tarishi yoki tushirishi kerak
  • Nishonga o'q yoki snaryad tekkanda u yiqilishi va qayta tekkanda ko'tarilmasligi kerak
  • Ko'tarish moslamalaridan nishon yakson qilingani (o'q yoki snaryad tekkani) to'g'risida xabarni (signalni) boshqaruv pultiga berishi kerak
  • Barcha nishonlarni ko'tarish imkoniyati bo'lishi kerak
  • O'rnatmalarning elektr ta'minoti avtonom bo'lishi kerak
  • O'rnatiladigan batareyalar 5 kg dan og'ir bo'lmasligi va quvvatlash (zaryadlash) qobilyatiga ega bo'lishi kerak

O'RTACHA NISHONLARNI KO'TARISH MOSLAMALARI

Tarkibi:

  • Inersiyaga javob berish sensori - 1 dona
  • Uchib borib nishonga tekkan o'qni bildirish sensori (nishon uchun elektr o'tkazuvchi qoplama material) - 1 dona
  • Olovli simulyatsiya (chirog'i) qilish tizimi (avtomat va pushkali yonish (chaqnash)) - 1 dona
  • Moslamani yerga o'rnatish uchun qoziqlar
  • Mobil qadoqlash yog'och idishi (tarasi)

Asosiy texnik tavsiflari:

  • Nishonni ko'tarish og'irligi - 10 kg gacha
  • Masofadan boshqaruv - o'rnatmasi (1000 m dan kam bo'lmagan) va maxalliy
  • Nishonni ko'tarish yoki tushirish vaqti - 8 soniyadan kam bo'lmasligi kerak
  • Imitatsiya olovi yonish chastotasi - 3-5 Gs
  • Olovli yonish bildirish chirog'i orasidagi uzilish (pauza) - 4-6 soniya
  • Imitatsiya vaqti - 3-5 soniya

OG'IR KO'TARISH MOSLAMALARI

Asosiy texnik tavsiflari:

  • Nishonni ko'tarish og'irligi - 60 kg gacha
  • Masofadan boshqaruv - o'rnatmasi (1500 m dan kam bo'lmagan) va maxalliy
  • Nishonni ko'tarish yoki tushirish vaqti - 10 soniyadan kam bo'lmasligi kerak
  • Imitatsiya olovi yonish chastotasi - 3-5 Gs
  • Olovli yonish bildirish chirog'i orasidagi uzilish (pauza) - 4-6 soniya
  • Imitatsiya vaqti - 2-3 soniya
  • Umumiy og'irligi o'rashsiz (mobil qadoqlash yog'och idishisiz) - 40 kg dan oshmasligi kerak

BOSHQARUV USKUNASI

Boshqaruv uskunasi nishon ko'tarish (tushirish) uskunalarini radio orqali (masofadan) boshqarish uchun mo'ljallangan. U ham joydan ham transportda harakat davomida boshqarishga qodir bo'lishi kerak.

Dastur quyidagilarni ta'minlashi kerak:

  • Vaqtni sozlash va ko'tarish (tushirish) tartibini
  • Standart o'quv va nazorat mashqlarini bajarish
  • Nostandart mashqlarni bajarish

Qabul qilinadigan va beriladigan buyruqlar:

  • Nishonni ko'tarish
  • Nishonni tushirish
  • Nishonga o'q tekkani (nishon zabt qilingani)
  • Batareyaning zaryadlangan holatini

ISHLASH TARTIBI

Boshqaruv uskunasining (apparatining) ishlash tartibi (prinsipi) shundan iboratki, operator har bir nishonga (ko'taruvchi (tushiruvchi) uskunaga) alohida ko'tarilish va tushish vaqtini belgilaydi, ma'lumotlarni mashq ketma-ketligi singari saqlaydi.

Buyruqlar (komandalar) mashqlarga dastur tomonidan ishlov beriladi va radiokanal orqali nishonni ko'tarish uskunasiga uzatiladi. Nishonga o'q (snaryad) tekkanda (nishon yakson qilinganda) sensori yonadi, nishon tushadi (yiqiladi), ma'lumot (mag'lubiyat) signalini radio orqali uzatadi, dastur ma'lumotni (mag'lubiyatni) va o'q (snaryad) tekkan (yakson qilingan) ko'tarish uskunasidagi nishon raqamini qayd etadi.

Boshqaruv uskunasi masofadan buyruqlarni (komandalarni) qabul qilish va uzatish uchun radiosignallari va boshqa harbiy radiostansiyalar yonida bir vaqtning o'zida ishlatilganda ishonchli ishlashi kerak.

BOSHQARUV USKUNASI TO'PLAMINING TARKIBI

  • Noutbuk (yetkazib beruvchining shartlariga muvofiqligi) - 1 ta
  • Ko'tarish (tushirish) uskunasiga masofadan buyruqlarni (komandalarni) uzatish tizimi (yetkazib beruvchining shartlariga muvofiqligi) - 1 ta

BATAREYA QUVVATLOVCHI (ZARYADLOVCHI) QURILMA

Batareya quvvatlovchi (zaryadlovchi) qurilma (yetkazib beruvchining shartlariga muvofiqligi) bir vaqtning o'zida 220V+/-10V tarmoqdagi 20 ta dan ortiq birlikni quvvatlash (zaryad qilish) kerak.

AFZALLIKLAR

  • Masofadan boshqarish - xavfsizlik va qulaylik
  • Avtomatik ishlash - kuch va vaqt tejash
  • Yirik guruhlarda ishlash - 64 tagacha nishon
  • Har xil nishonlar - yengil va og'ir
  • Avtomatik urish aniqlash - sensor tizimi
  • Dasturli boshqarish - turli mashqlar uchun
  • Real vaqtda ma'lumot - tezkor natija
  • Har qanday ob-havoda - mustahkam qurilma
  • Avtonom quvvat - batareyalar bilan
  • Oson o'rnatish - 1-2 kishi
  • Portativ - tez ko'chirish mumkin

QO'LLANISH

Ushbu tizim harbiy poligonlarda, o'quv markazlarida va jangavor tayyorgarlik mashg'ulotlarida qo'llaniladi. O'q otish ko'nikmalarini rivojlantirish, aniqlikni oshirish va real jang sharoitlarini simulyatsiya qilish uchun mo'ljallangan.